Karantin: uy derazalarini lang ochib qo‘yish virusga sabab bo‘ladimi?

Karantin: uy derazalarini lang ochib qo‘yish virusga sabab bo‘ladimi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓Virusning havoda tarqalishi qanchalik xaqiqat? Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar uylarning oynalarini ochib ko‘yishlari, oynadan tashqariga qarab turishlari holatlari ko‘ryapmiz. Agar virus havodan tarqasa bu xavf tug‘dirmaydimi?

❗️Virus (yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda) “nam” havo zarrachalari bilan havoda bir muddat turishi mumkin, keyin u o‘z og‘irligi bilan yerga tushib ketadi. Virusning o‘zi havoda muallaq uchib yurmaydi.

Ko‘p qavatli uylar derazasini ochib qo‘yganiga kelsak, ular to‘g‘ri qilishgan, yuqorida aytganimizdek imkon qadar xona havosini tez-tez yangilab tursangiz, u yerdagi viruslar miqdori (konsentrasiyasi) kamroq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!