Karantin! Farg‘onada salkam 500 000 so‘mlik “Pepsi”ni o‘g‘irlab ketishdi

Karantin! Farg‘onada salkam 500 000 so‘mlik “Pepsi”ni o‘g‘irlab ketishdi

Farg‘ona shahri. 29 mart kuni M.X. Farg‘ona shahar IIO FMBga murojaat qilib, Quvasoy ko‘chasi 38a-uy oldida joylashgan savdo do‘koni devorini noma’lum shaxs buzib, narxi 488 000 so‘mlik “Pepsi” salqin ichimliklarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi(o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni A.A. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!