Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 15 ming gektardan ortiq maydonni egallab oldi

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 15 ming gektardan ortiq maydonni egallab oldi

AQShning Kaliforniya shtatida davom etayotgan uchta o‘rmon yong‘ini bir necha ming gektarga tarqaldi. Aholi va o‘t o‘chiruvchilar orasida ko‘p sonli jabrlanganlar mavjud. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Shtat shimolidagi yong‘in qariyb sakkiz ming gektar maydonga tarqalgan, mingdan ortiq bino zararlangan.

Shtatning janubiy qismida, Los-Anjeles shahri yaqinida yuz bergan yong‘inning umumiy maydoni yetti ming gektarni tashkil qilgan. 75 mingta uydagi aholining evakuasiyasi boshlangan, bir nechta bino buzilgan.

8 noyabr kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari kuchli shamol sababli tez tarqalmoqda, ularni o‘chirish uchun ikki mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda, biroq olov hali nazorat ostiga olingani yo‘q.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!