Juma kuni vafot etgan inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri jannatga tushadimi?

Juma kuni vafot etgan inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri jannatga tushadimi?

Savol: Odamlar orasida «Agar inson juma kuni vafot etsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, savol-javobsiz jannatga tushadi» degan aqiyda mavjud. Shu gap qanchalik rost?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bu asossiz gap. Juma kunining fazli haqidagi gaplarni aytadigan bo‘lsak, juma kuni bir inson vafot etadigan bo‘lsa, ana shu kunning hurmatidan faqat shu juma kunining o‘zida Alloh taolo mazkur o‘lgan odamning so‘roq-savolini kechiktirib turadi, xolos. Juma kuni chiqishi bilan so‘roq-savol boshlanadi va boshqa har bir o‘lgan odamga joriy bo‘ladigan amallar u odamning ham boshiga tushadi. «So‘roq-savolsiz jannatga kiradi», degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Jannatga kirishga sabab bo‘ladigan ko‘pgina narsalar bor, bularning boshida iymon-e’tiqod va ibodat hamda yana ko‘pgina yaxshi amallar turadi. Bunga oyatu hadislarda dalillar keladi. Lekin ularning birortasida «Juma kuni o‘lsa bo‘ldi, jannatga kiradi» degan gap yo‘q. Buni jiddiy gap sifatida qabul qilishning keragi yo‘q. Vallohu a’lam.

“Zikr ahlidan so‘rang” kitobidan

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!