JSST: O‘tgan haftada koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 3 foizga ko‘paydi

JSST: O‘tgan haftada koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 3 foizga ko‘paydi

1-7 avgust kunlari dunyo bo‘yicha 6,9 million nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan 14,5 ming nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Xo‘sh, bu avvalgi haftaga nisbatan ko‘pmi yoki kam? Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisoboti shunga doir ma’lumotlar tahliliga bag‘ishlandi.

Qayd etilishicha, 1-7 avgust kunlari Yer yuzida COVID-19ni yuqtirish holatlari 25-31 iyul sanalariga nisbatan 3 foizga ortgan. Asosiy o‘sish dinamikasi G‘arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga to‘g‘ri keldi — 29 foiz.

Qolgan hududlarda esa buning aksi kuzatildi. Xususan, kasallanishlar soni Afrikada 46 foiz, Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi hamda Shimoliy va Janubiy Amerikada 22 foizga pasaydi.

Infeksiyani eng ko‘p yuqtirgan bemorlar Yaponiyada ro‘yxatga olindi — qariyb yarim million nafar. Keyingi o‘rinni 760 mingga yaqin ko‘rsatkich bilan AQSh band etdi. Janubiy Koreya esa 713 mingdan ziyod holat bilan uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

❗️Biroz taskin beruvchi xabar koronavirusdan o‘lim darajasi 9 foizga kamayishi bo‘ldi. Ya’ni Sharqiy O‘rta yer dengizi va G‘arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridan boshqa hududlarda sezilarli pasayish tendensiyasi qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!