JSST COVID-19 dan o‘lim holati 20 foizga ortganini ta’kidlamoqda

JSST COVID-19 dan o‘lim holati 20 foizga ortganini ta’kidlamoqda

«O‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 3,8 million kishi koronavirusga chalingan. Bu bundan avvalgi hafta bilan solishtirganda 8 foizga ko‘pdir», — deyiladi JSSTning haftalik epidemiologik byulletenida. Har kuni o‘rtacha 540 ming kishining virus yuqtirgani haqida ma’lumot olingan. Bundan avvalgi haftada esa bu ko‘rsatkich 490 ming kishini tashkil etgan edi», deyiladi xabarda.

So‘nggi paytlarda koronavirus infeksiyasidan o‘lim holati keskin ko‘paygani kuzatilmoqda. O‘tgan hafta 69 ming kishi vafot etgan, bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 21 foizga ko‘pdir.

O‘tgan bir haftada kasallanish holatlari Afrikada (9 foizga), Janubi-Sharqiy Osiyo (7 foizga) va Sharqiy O‘rtayer mintaqasida (4 foizga) kamaygan. Shu bilan birga, Shimoliy va Janubiy Amerikada kasallanish ortayotgani (30 foizga) kuzatilmoqda. G‘arbiy Tinch Okeani mintaqasida (25 foizga) va Yevropada (3 foizga) ortgan. O‘lim holatlari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida ayniqsa ko‘paygani aytilmoqda (30 foizga), shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikada ham o‘lim (29 foizga) soni ko‘paygani qayd etilgan. O‘lim holatining pasayishi Yevropada 1 foizni tashkil etgan.

Evropada o‘tgan yetti kunda 1 milliondan ziyod kishi kasallangan, 7 mingdan ortiq bemor kasallikni yenga olmadi.

JSST byulleteniga ko‘ra, ayni paytda koronavirusning «delta» shtammi keng tarqalmoqda. Ushbu variant 2020 yilning oktyabr oyida aniqlangan edi. Hozirda uning tarqalish geografiyasi 132 mamlakatni qamrab olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!