Jozep Borrel G‘azo sektoridagi zarar ko‘lami haqida gapirdi

Jozep Borrel G‘azo sektoridagi zarar ko‘lami haqida gapirdi

Isroilning XAMAS terrorchilik guruhi bilan urushi davomida G‘azo sektorida fuqarolik infratuzilmasining 35 foizga yaqini vayron bo‘lgan. 60% dan ortig‘i shikastlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, moddiy zarar o‘nlab milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel Strasburgdagi Yevroparlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi Euronews.

“G‘azo sektoridagi shaharlar Ikkinchi jahon urushi davridagi Germaniyadan ko‘ra ko‘proq jabr ko‘rdi, qiyoslashni tasavvur qiling. Yaqinda Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida yetkazilgan zararning oraliq bahosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararni taxminan 90 milliard dollarga baholadi”, – dedi Jozep Borrel.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!