Jizzaxga paxta terimiga kelgan erkak yotoqxonada 9 yoshli qizni o‘ldirish bilan tahdid qildi

Jizzaxga paxta terimiga kelgan erkak yotoqxonada 9 yoshli qizni o‘ldirish bilan tahdid qildi

Jizzaxda Mirzacho‘l tumanida joylashgan kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxonada 9 yoshli qizni o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda gumonlanayotgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuraturadagi manbalari xabar berdi.

Aniqlanishicha, Z.E. va G.E. 2 nafar voyaga yetmagan qizlari — 9 yoshli M.S. va 3 yoshli O.S. bilan birga ushbu yotoqxonada yashab kelmoqda.

Mirzacho‘l tumanidagi 9-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, amaliyotchi psixolog hamda 3-sinf rahbari 10 oktyabr, payshanba kuni ushbu maktabning 3-sinf o‘quvchisi M.S. bilan suhbatlashganlarida, uylariga paxta terish uchun kelgan katta yoshli kishi qo‘lidan ushlab tortganligini, u esa uning qo‘lini tishlab qochib ketganligini bildirgan va bu haqda dalolatnoma tuzilgan.

Holat yuzasidan M.S.ning onasi Mirzacho‘l tuman prokuraturasiga taklif qilinib ariza olinganda, u 2019 yil 29 sentyabr kuni oilasi bilan istiqomat qiladigan kollej yotoqxonasida paxta terimiga Baxmal tumanidan kelgan hasharchilarga oshpazlik qilgan A.T. muzlatkichga vaqtincha qo‘ygan go‘shtining bir qismini olish uchun uyga pichoq bilan kirganligi, uyda qizi M.S.ga olma bilan non berib, «olmani singling ikkalang yeb o‘tir», «men bir oz uylaringda yotib uxlab olay» degani, qiziga u odam meni kirib yotganimni onangga aytsang, seni qo‘limdagi pichoq bilan so‘yaman» deb qo‘rqitganligi, qizi qo‘rqqanidan uydan qochib chiqib ketganligini bildirgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshirishda ushbu holat yuzasidan bir qator tergov harakatlari olib borish yo‘li bilan holatga oydinlik kiritish, qarama-qarshi ko‘rsatuvlarga tergov yo‘li bilan baho berish maqsadida A.T.ning voyaga yetmagan M.S.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitganligi holati yuzasidan 13 oktyabr, dushanba kuni Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi dastlabki tergov xarakatlarini olib borish uchun Mirzacho‘l tumani IIB TBga yuborilib, tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari yuzasidan nazorat o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!