Jizzaxdagi adirlikda yong‘in yuz berdi

Jizzaxdagi adirlikda yong‘in yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi adirlikda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida videolavhalar tarqaldi. Viloyat FVB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, 15 iyul kuni soat 12:15 da Jizzax viloyati FVB navbatchilik qismiga G‘allaorol tumani “Ko‘kgumbaz” MFY hududidagi qir-adirlikda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 12:41 da yetib borib, 13:00 da alanga o‘rab olingan va 14:22 da to‘liq o‘chirilgan.

Shuningdek, yong‘in joyiga viloyat FVBning 41 nafar shaxsiy tarkibi va hamkorlikdagi xizmatlarning 27 nafar xodimi jalb etilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!