Jizzaxda mashinasida inson jasadi borligini aytgan erkak fosh bo‘ldi

Jizzaxda mashinasida inson jasadi borligini aytgan erkak fosh bo‘ldi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Jizzax viloyati hududida joylashgan "Manas-14" muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan ushbu maskandan harakatlanib o‘tayotgan davlat raqam belgisi ustiga "Gruz-200" yozuvi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan "Kobalt" rusumli avtomobil to‘xtatilganda, haydovchi avtomobilda inson jasadini ayrim sabablarga ko‘ra olib ketayotganligini aytgan. Xolislar ishtirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekshirilganda, haydovchining so‘zlari yolg‘on ekanligi, haydovchi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadida ana shunday yolg‘onni o‘ylab topganligi ma’lum bo‘lgan.

Jizzaxda mashinasida inson jasadi borligini aytgan erkak qo‘lga olindi

Jizzax viloyati IIB YHXB

Shuningdek, orqa va old davlat raqam belgisi loy bilan berkitib olingan "Epika" rusumli transport vositasi to‘xtatilganda, ushbu avtomobil haydovchisi ham xuddi "Kobalt" haydovchisi kabi yo‘llardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni me’yoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadini ko‘zlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Jizzaxda mashinasida inson jasadi borligini aytgan erkak qo‘lga olindi

Jizzaxda mashinasida inson jasadi borligini aytgan erkak qo‘lga olindi

Jizzax viloyati IIB YHXB

Har ikkala avtomobil haydovchisiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7.15-bandi (transport vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bo‘lsa)da belgilangan talablarni buzganliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!