Jizzaxda “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” xodimida koronavirus aniqlandi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Jizzax shahrida karantin talablarini kuchaytirish to‘g‘risida Jizzax viloyat hokimi E.Soliyevning qarori qabul qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
So‘nggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus infeksiyasining ko‘payganligi munosabati bilan shahar hokimi A.Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik hodimlari covid-19 testidan o‘tkazildi
Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Ammo “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)