Jizzaxda ko‘chalar qayta nomlanadi, nomsiz ko‘chalarga nom beriladi

Jizzaxda ko‘chalar qayta nomlanadi, nomsiz ko‘chalarga nom beriladi

Jizzax shahar hokimligi tomonidan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror loyihasi muhokama uchun normativ huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylashtirildi, deya hokimlik axborot portali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra 100 ta ko‘cha qayta nomlanishi ko‘zda tutilgan, shuningdek, 25 ta nomsiz ko‘chaga nom berilgan.

Loyihada shahardagi bir-birini takrorlovchi ko‘chalar nomini qayta nomlash, jumladan, joylarning qadimiy nomlarini tiklash yuzasidan tushgan takliflar ko‘rib chiqilganligi ta’kidlanadi va quyidagi:

  • G‘alcha ko‘chasining nomi Sharq tongi;
  • Sharof Rashidov ko‘chasi Dilxush;
  • O‘zbekiston ko‘chasi Hamza;
  • «Ravalliq» mahallasidagi Hamid Olimjon ko‘chasi Yangi davr;
  • «Do‘stlik» mahallasidagi Hamid Olimjon ko‘chasi Ilg‘or,
  • «Obod» mahallasidagi Bekobod ko‘chasi Yangi Bekobod,
  • Abdulla Qahhor ko‘chasi Shukrona,
  • So‘zmoyiltepa ko‘chasi Halovat,
  • Tupxona ko‘chasi Do‘stlik

nomiga o‘zgartirilgan.

Tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari o‘zgartirilgan mahalla fuqarolar yig‘ini, aholi punktlari va ko‘chalarning tarkibiy qismlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq topshiriqlar berilgan.

Ushbu qaror loyihasi portalga 3 iyul kuni joylashtirilgan va 18 iyulgacha keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!