JCH—2018 to‘purarlari: Keyn peshqadam, Lukaku va Ronaldu esa ikkinchi o‘rinda (ro‘yxat)

JCH—2018 to‘purarlari: Keyn peshqadam, Lukaku va Ronaldu esa ikkinchi o‘rinda (ro‘yxat)

Harri Panama bilan uchrashuvda 3 ta gol urib, xet-trik qayd etdi. Gollaridan 2 tasini penaltidan kiritgan bo‘lsa, yana biri yo‘l-yo‘lakay Panama o‘yinchisiga teggan holda darvozadan joy oldi. Bu orqali Keyn JCh—2018 to‘purarlari poygasida peshqadam bo‘lib oldi. Uning hisobida endilikda 5 ta gol bor. Keyndan keyingi o‘rinlarda 4 tadan gol bilan Krishtianu Ronaldu hamda Romelu Lukaku bormoqda.

Top-5:

  • 1. Harri Keyn (Angliya) — 5 ta gol (2 tasi penaltidan)
  • 2. Romelu Lukaku (Belgiya) — 4 ta gol
  • 3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 4 ta gol ( 1 tasi penaltidan)
  • 4. Denis Cherishev (Rossiya) — 3 ta gol
  • 5.​ Diyego Kosta (Ispaniya) — 3 ta gol

Shuningdek, Harri Keyn mundiallar guruh bosqichida 3 tadan kam bo‘lmagan gol urgan 3-ingliz futbolchisiga aylandi. Avvalroq bunday natijaga 1982 yilda Gari Lineker hamda 1966 yilda Rojer Hant erishgan edi.

Bundan tashqari Harri Jahon Chempionati startidagi dastlabki ikki turda ham gol urgan ikkinchi angliyalik o‘yinchi bo‘ldi. Undan oldin 1962 yilda Ron Flauers ham shunday natija ko‘rsatgan edi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!