Jahon banki Tojikistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 11,3 million dollar ajratdi

Jahon banki Tojikistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 11,3 million dollar ajratdi

Jahon bankining direktorlar kengashi Xalqaro rivojlanish assosiasiyasining Tojikistonda COVID-19 uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish loyihasini moliyalashtirishga qaratilgan 11,3 million dollar miqdorida grant mablag‘ini ma’qulladi, deya xabar berdi Dushanbedagi bank vakolatxonasi matbuot kotibi Nigina Aliyeva.

"11,3 million dollarlik grant Tojikistonning global COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xavf-xatarlarga qarshi samarali tayyorgarlik ko‘rish va sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, moliyalashtirish doirasida butun Tojikiston bo‘ylab tibbiy muassasalarda intensiv terapiya va reanimassiya bo‘limlari uchun 100 ga yaqin jihozlangan joylar tashkil etiladi.

"Bundan tashqari, loyiha sog‘liqni saqlash tizimining COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan", deydi Aliyeva.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!