Ivanka Tramp so‘roq qilindi...

Ivanka Tramp so‘roq qilindi...

Vashington prokuraturasi AQSh prezidenti Donald Trampning qizi va maslahatchisi Ivanka Trampni 2017 yilda inaugurasiya fondidagi mablag‘larning o‘zlashtirilishi ishi bo‘yicha so‘roq qildi. Gap bir million dollardan ortiq mablag‘ haqida ketmoqda.

Xabar qilinishicha, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish da’vosi bo‘yicha so‘roq 1 dekabr kuni o‘tkazilgan.

2020 yil yanvarda Vashington prokuraturasi Trump Organization va prezident inaugurasiyasi qo‘mitasiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atgandi. Prokurorlarning ta’kidlashicha, ular bir million dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani, inaugurasiya o‘tkazishda foydalanilgan Trump Hotel mehmonxonasi ijarasi uchun ortiqcha pul to‘langanligini aniqlashgan.

Prokuratura Ivanka Tramp, birinchi xonim Melaniya Tramp, inaugurasiya qo‘mitasi rahbari Tom Barrak va inaugurasiya qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Rika Geytslardan hisobot so‘ragan.

So‘roqlar kelgusi haftada davom ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!