Italiyalik doktor: "Qari bemorlar ko‘zlarida yosh bilan vafot etishmoqda"

Italiyalik doktor: "Qari bemorlar ko‘zlarida yosh bilan vafot etishmoqda"

Italiyalik doktor yozmoqda:

Mamlakatimizda daxshatli fojia ro‘y bermoqda. Qari bemorlar ko‘zlarida yosh bilan vafot etmoqdalar. Chunki ular ketar chog‘i o‘z yaqinlari bilan vidolasha olmaydilar. Ular yolg‘iz jon berishni istashmaydi, ammo uyidagilar uchun so‘ngi xayrlashuv so‘zlarini kameraga qarab aytishdan boshqa ilojlari yo‘q. Ular ulug‘ yoshga kirganlarida nobud bo‘lmoqdalar. Ko‘p hollarda, er va ayoli bir kunda jon bermoqda. Ular nabiralarini xatto oxirgi marotaba ham ko‘ra olishmaydi. Bu xastalik grippga qaraganda ancha xavfli. Ishoning, bu kasallik grippdan tubdan farq qiladi. Sizdan iltimos bu illatni "grippning bir turida" deya ko‘rmang! Tana xarorati shunday ko‘tariladi-ki, isitmaga chidab bo‘lmaydi. Bemorga xavo yetishmaydi, u huddi cho‘kayotgan kishidek qiylanib nafas oladi. Bemorlar shifoxonaga kelishni xohlashmaydi, lekin ozroq bo‘lsada nafas olish ilinjida baribir kelishga majbur bo‘lishadi. Bu xastalikka qarshi juda kam dori vositalari mavjud. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz, biroq barchasi bemorning ahvoliga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Yoshi qari bemorlar kasallikka qarshi kurasha olishmayapti. Biz hammamiz yig‘layapmiz. Hamshiralarimiz yig‘lashyapti. Qani endi hammaning hayotini saqlab qololsak! Men ko‘z o‘ngida hayoti tugab borayotganlarni ko‘ryapman. Juda ko‘p kasallar kelmoqda. Hammaning dardi bir. Umumiy pnevmaniya. O‘ta kuchli o‘pka yallig‘lanishi. Menga aytingchi, qanday gripp shunchalik talofat keltiradi? Bu umuman boshqacha virus. Ba’zi odamdar uchun bu ayniqsa xavfli. Bizning mamlakatda, o‘rtacha 65 yoshdan oshganlarda qand kasalligi, qon bosimi ko‘tarilishi va boshqa kasalliklar ko‘p uchraydi.
Ba’zi yosh odamlarda ham bu kasallik xavfli kechmoqda. Bu kasallik bilan og‘rigan yosh bemorlarni ko‘rganda, har qanday soppa-sog‘ yosh odam ham o‘zini xotirjam his qila olmaydi. Bizning kasalxonada jarroxlik, tug‘ruq, ko‘z kasalliklari, teri kasalliklari qolmadi. Jarroxlik xonalari jonlantirish bo‘limlariga aylantirilgan. Barcha virusga qarshi kurashmoqda. Bemorlar soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Analiz natijalarini kutamiz. Barchasida bir hil natija, ijobiy. Ijobiy. Ijobiy!
Barcha bemorlar bir hil narsadan azoblanadi:
Chidab bo‘lmas isitma. Nafas olish azob. Yo‘tal. Cho‘kayotgan kabi xis qilish. Deyarli hamma jonlantirish bo‘limida muolaja qilinmoqda. Ba’zilar xatto kislorod maskasi bilan ham nafas ololmaydi. Kislorod apparati oltindan qimmat. Bularning barchasi qanday qilib shu qadar tez ro‘y berganiga ishonolmayapman. Biz hammamiz charchadik. Lekin hech kim chekinishni xohlamayapti. Hamma yarim tungacha ishlaydi. Doktorlar hamshiralar kabi tinimsiz ishlashda davom etadi. Men har ikki xafta o‘tmaguncha uyga bormayman. Uydagi yoshi kattalardan xavotir olaman. Bolalar bilan kamera orqali gaplashamiz. Ba’zida ayolimning suratiga qarab yig‘layman. Ayb bizda emas, bu kasallik unchalik xavfli emas deganlarda hamma ayb. Ular buni odatiy gripp dedilar. Hech qanday chora ko‘rilmadi. Endi esa kech. Sizdan iltimos, uydan tashqariga chiqmang. Bizga quloq soling. Favqulotda holatlardan boshqa paytda uydan chiqa ko‘rmang. Oddiy maskadan foydalaning. Professional maskalarni bizga qoldiring. Maska tanqisligi sabab bizlarning hayotimiz ham xavf ostida qolmoqda. Hozirda bir necha doktor yuqturib oldi. Ularning oila a’zolaridan ko‘plari hayot va o‘lim o‘rtasida. Yoshi kattalarni uydan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymang.
Biz kasbimiz sabab uyda qololmaymiz. Oxirgi laxzalargacha bemorlarimizning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilyapmiz. Men yashab ketishga umid yo‘q bemorlarning tanalaridagi azobni iloji boricha kamaytirishga urinyapman. Ertaga hammasi yaxshi bo‘lib ketsa, bizni hamma unutadi. Doktorlik kasbi o‘zi shunday. Bu kasallik sizga yetib kelmagan bo‘lsa ham ehtiyot bo‘ling. Ommaviy joylardan uzoq turing. Kinoga, konsertga, o‘yingohlarga bormay turing. Iltimos qariyalarning qayg‘usini tushunishga harakat qiling. Ularning xayoti sizning qo‘lingizda. Siz bizdan ham ko‘ra ko‘proq odamlarning xayotini saqlab qolishga qodirsiz. Iltimos buni hammaga tarqating. Ushbu maktubni butun Italiya o‘qisin.

Italiya.
Be Gavaseni gospitali.
Doktor Daniyele Machini.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!