ISW: Ukraina ittifoqchilarining cheklovlari tufayli o‘zini himoya qilishda qiynalmoqda

ISW: Ukraina ittifoqchilarining cheklovlari tufayli o‘zini himoya qilishda qiynalmoqda

Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlarining Rossiya hududiga Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar bilan zarba berishni taqiqlashi Kiyevning Xarkov viloyatini himoya qilish qobiliyatiga jiddiy putur etkazadi, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari.

Tahlilchilarga ko‘ra, ushbu cheklovlar Rossiyaning chegara hududlarida “himoyalanish imkonini” yaratgan, bu yerdan Rossiya samolyotlari Ukraina pozisiyalariga hujum qiladi.

Avvalroq AQSh rasmiylari yana bir bor Oq uy Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish uchun Ukrainaga yetkazib berilgan Amerika qurollaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan edi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Sheppsning aytishicha, uning mamlakati Kiyevga Qrim hududiga Britaniya qurollari bilan zarba berishga ruxsat bergan, chunki yarim orol Ukrainaning bir qismi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!