Istanbul-2022. Ikkinchi bokschimiz yarim finalga chiqdi!

Istanbul-2022. Ikkinchi bokschimiz yarim finalga chiqdi!

Turkiyada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionatiga yo‘l olgan eng og‘ir vazndagi (81+ kg.) sportchimiz Mohira Abdullayeva musobaqadagi ilk jangini kecha o‘tkazdi. Qur’aga ko‘ra, hamyurtimizga Kongo Demokratik Respublikasi vakili K'est La Viye Liza Kanjinga raqiblik qildi.

Mohira jang davomida afrikalik bokschiga nisbatan mahoratliroq ekanini namoyish etdi. Hamyurtimiz birinchi va ikkinchi raundlarda raqibini bir martadan nokdaun holatiga tushira oldi. Kanjinga uchinchi bo‘limda "omadli zarba" orqali nokaut evaziga yutib ketishga urindi, ammo vatandoshimizga bunga yo‘l qo‘ymadi. Hakamlarning baholari — 5:0 (30-26, 30-25, 29-38, 30-27, 30-25).

Shu tariqa, o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi jahon chempionatida sovrindorga aylanadigan bo‘ldi.

-50 kg: Aziza Yokubova
+81 kg: Mohira Abdullayeva


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!