Issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.B.” MCHJ mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona qurilishini to‘liq amalga oshirmasdan rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 1,7 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!