Islom taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga keldi

Islom taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga keldi

Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bir qator tadbirlarda ishtirok etish uchun bugun, 17 sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi delegasiyalari bilan birga O‘zbekistonga keldi. Bu haqda kun.uz internet nashri xabar berdi.

Islom taraqqiyot banki rahbarining tashrifi doirasida «ITB guruhi kuni» konferensiyasi va 18-19 sentyabr kunlari Arab muvofiqlashtirish guruhi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Suhrob Xolmurodov ishtirok etadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilmoqda.

O‘tgan yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi amalga oshirildi. Uning davomida davlat rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi.

Manba: muslim.uz

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!