Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi

“Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5267-son, 25.10.2021 y.) qabul qilindi

🔘 Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizasiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi.

❗️2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

☑️ Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!