Insayder: «MYu» ten Xag borasida yakuniy qarorni qabul qildi

Insayder: «MYu» ten Xag borasida yakuniy qarorni qabul qildi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya kubogi finalidan so‘ng jamoani tark etadi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.

Manbaning qayd etishicha, «qizil iblislar» rahbariyati 54 yoshli mutaxassis o‘rniga munosib nomzodlar haqida qaror qabul qilib bo‘lgan. Bular avvalroq «Chelsi» tomonidan iste’foga chiqarilgan Maurisio Pochettino, «Brayton»ning sobiq bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi va «Ipsvich»ni Premyer-ligaga olib chiqqan Kiran Makkenni.

Ten Xag 2022 yilning yozida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa mavsum yakuniga ko‘ra 60 ochko bilan Angliya chempionatida 8-o‘rinni egalladi. Bu «qizil iblislar»ning so‘nggi 34 yildagi turnirdagi eng yomon natijasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!