Imon keltirgan faylasuf

Imon keltirgan faylasuf

Muhyiddin Arabiy – ulug‘ alloma. Ko‘p kitoblar yozgan. U zotning ko‘p karomatlari tildan tilga o‘tib yuradi. Hazratning o‘zi hikoya qiladi: «Suhbatda edik. Qish kuni, o‘rtada olov yonib turardi. Davrada bir faylasuf ham bo‘lib, payg‘ambarlarni inkor qilar, “falsafa, faqat falsafa”, derdi. U aytdi: “Avom Ibrohimning olovga tashlanganda yonmaganiga ishonadi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Chunki olov yoquvchidir va hamma narsani qizitib, qovuradi. Menimcha, Qur’ondagi olov Namrudning g‘azabiga ishora; Ibrohimning yonmagani esa qahrdan omon qolgani bo‘lsa kerak”.

Shunda men karomat ko‘rsatish emas, Ibrohim (a.s.) mo‘’jizasiga munosib dalil keltirishni astoydil istab, dedim:

– Alloh taoloning: “Ey, olov! Ibrohimga salqin va omonlik bo‘l!” (Anbiyo, 69), degan so‘zini isbotlab beraman.

Bir hovuch cho‘g‘ni olib, faylasufning etagiga to‘kdim. U juda qo‘rqib ketdi. Cho‘g‘larni qo‘lim bilan aralashtirdim. Faylasufning rangi oqardi. Chunki etagi kuymadi. Cho‘g‘larni joyiga qaytarib, aytdim: “Olovning yondirmasligi ham, yondirishi ham Allohning amri bilandir. U Zot istasa, o‘t kuydirmaydi”. Faylasuf shu yerda imon keltirib, musulmon bo‘ldi».

Manba: "Irfon" taqvimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!