Imomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Imomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Birinchi prezident qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.  

Tojikiston prezidentining birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi. Imomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!