Ilon Mask bir sutkada deyarli 4 mlrd dollar yo‘qotdi

Ilon Mask bir sutkada deyarli 4 mlrd dollar yo‘qotdi

«SpaceX» va «Tesla» asoschisi Ilon Mask bir sutkada deyarli to‘rt milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda «Bloomberg» agentligi tomonidan hisoblab chiqilgan «Bloomberg Billionaires Index» ma’lum qildi.

Keltirilishicha, Maskning boyligi 3,95 milliard dollarga kamayib, umumiy boyligi 175 milliard dollarni tashkil qilgan. Shunga qaramay, u dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani saqlab qolgan.

«Amazon» asoschisi Jeff Bezosning kapitali esa bir sutkada 707 millionga ko‘paygan. Hozirda uning umumiy boyligi 202 milliard dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq AQShning Texas shtatida «Tesla» elektromobilining haydovchisiz boshqarilgani taxmin qilingan avtohalok sababli Ilon Mask bir sutkada 5,1 milliard dollar yo‘qotgandi.  Shunga qaramay, «Tesla» kompaniyasi daromadi 3 oy davomida rekord darajaga ko‘tarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!