Ilmiy asoslangan holda temir yo‘l sohasini rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda

Ilmiy asoslangan holda temir yo‘l sohasini rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda

17 aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida “Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘z ishini boshladi.

Unda 15 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan 35 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan 100 ga yaqin soha mutaxassislari hamda yetuk olimlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda davomida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar o‘rtasida mazkur sohada o‘zaro amaliy hamkorlik o‘rnatish, temir yo‘l transporti tizimini takomillashtirishda ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda mamlakatning iqtisodiy tarmoqlari va logistika tizimini qo‘llab-quvvatlash orqali xorijiy investisiya oqimini ko‘paytirish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Xalqaro tadbir 20 aprelga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!