Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini mushtlashishga chaqirgan tadbirkor qamoqqa olindi

Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini mushtlashishga chaqirgan tadbirkor qamoqqa olindi

Fuqaro A.SH. (Abdulloyev Shaxboz Narzullo o‘g‘li) Romitan tuman dehqon bozorida meva sabzovot maxsulotlarini savdosi bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelar edi. U savdosi chaqqon bo‘lishini ko‘zlab, 2019 yil 14 iyun kuni soat 12:00 larda meva sabzavot maxsulotlarini ruxsat berilgan joy savdo rastasidan olib, odamlar gavjum o‘tadigan joyga yerda to‘kib qo‘yib savdo kila boshladi.

Shu jarayonda bozorda savdo tartib qoidalarini nazorat qilib yurgan tuman xokimi hamda IIB boshligi birgalikda A.SH.ning oldiga kelib, bozorda o‘rnatilgan tartib qoidalarga amal qilishini so‘raganlarida A.SH. IIB boshlig‘ining qonuniy talablarini bajarmay, qo‘llarini quloch yoyib bozordagi fukarolarni e’tiborini o‘ziga jalb qilib, IIB boshlig‘idan milisiya kiyimini yechishini va u bilan jang qilishini agar mushtlashishda yengsa bozordagi tartib qoidaga amal qilishga roziligi haqida gapirib, hayqirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan IIB boshlig‘iga qarab yurib hamla qilish maksadida borayotganida, tuman xokimi tadbirkorning ushbu xarakatidan xayratda kolib o‘zini chekaga oldi fukarolik burchini bajarayotgan fukarolar tomonidan A.SH. to‘xtatildi.

Romitan tuman ma’muriy sudining 2019 yil 14 iyundagi qarori bilan A.SH. O‘zbekiston Respublikasi MJtK 198-moddasining 1-qismi, 194-moddasining 1-qismi va 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib 5 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi qo‘llandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!