Hindistonda islomofoblar tomonidan musulmon o‘quvchi kaltaklanganidan keyin maktab yopildi

Hindistonda islomofoblar tomonidan musulmon o‘quvchi kaltaklanganidan keyin maktab yopildi

Hindistonda 7 yoshli musulmon o‘quvchining diniy mansubligi sababli haqoratlanishi va kaltaklanishi bo‘yicha tergov olib borilayotgani munosabati bilan maktab vaqtinchalik yopildi.

Bu haqda Hindiston ta’lim vazirligi bayonotiga tayanib India Today xabar bermoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, maktab sud jarayoni tugaguniga qadar yopiladi.

Ta’lim muassasasi “Ta’lim vazirligi standartlarini buzganlik”da ayblanmoqda.

Barcha o‘quvchilar boshqa davlat maktablariga ko‘chiriladi.

Hodisa 24 avgust kuni Muzaffarnagar shahridan 30 km uzoqlikdagi Kubbapur qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Maktab o‘qituvchisi Tripta Tyagi 7 yoshli musulmon bolani o‘quvchilar huzurida diniy mansubligi sababli haqorat qilgan. Keyin u boshqa maktab o‘quvchilarini sinfdoshini urishga majbur qildi.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

O‘z navbatida, Tyagi telekanallardan birining efirida qilgan ishidan afsuslanmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!