Hindiston ham yaqin oylarda 5G tarmog‘ini ishga tushiradi

Hindiston ham yaqin oylarda 5G tarmog‘ini ishga tushiradi

Hindiston kommunikasiya, elektronika va axborot texnologiyalari vaziri Ravi Shankar Prasad yaqin oylarda Hindiston 5G tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

"Yaqin oylarda 5G tarmoq texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushiramiz. Bu tarmoq, avvalo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida ishlatiladi" degan vazir bugun India Today nashriga bergan intervyusida.

U 5G tarmog‘ining sinov jarayonida Xitoyning Huawei kompaniyasi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston hukumati 2020 yilda 5G tarmog‘ini ishga tushirish haqida bayonot bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!