Hafta o‘rtasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ib, momaqoldiroq bo‘lishi kutilmoqda

26 29 mart kunlari respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 15 20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deya xabar qildi O‘zA Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga tayangan holda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, 26 27 mart kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. 28 29 mart kunlari esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirib 7 12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 7 12 daraja iliq, kunduzi 10 15 daraja iliq bo‘ladi. 27 mart kechasi 5 10 , kunduzi 10 15, 28 29 mart kunlari kechasi 5 10 daraja iliq, kunduzi 15 20 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26 27 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28 29 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7 12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7 12, kunduzi 15 20 daraja iliq, 28 mart kuni esa 13 18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26 29 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7 12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7 12, 26 martda kunduzi 19 24 daraja iliq, 27 martda 15 20 daraja iliq, 28 29 martda 13 18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26 29 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7 12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9 14, kunduzi 26 martda 20 25 daraja iliq, 27 martda 18 23 daraja iliq, 28 martda 15 20 daraja iliq, 29 martda 17 22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 26 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27 29 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7 12 m/s tezlikda esadi, Momaqaldiroq paytida 15 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7 12, kunduzi 26 martda 17 22, 27 29 martda 13 18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7 12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 0 5, kunduzi 10 15 daraja iliq, 27 29 mart kunlari kechasi 2 7, kunduzi 10 15 daraja iliq bo‘ladi.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!