G‘uzorda to‘rt o‘g‘li bo‘lgan oila yana 3 nafar egizakli bo‘ldi. Ularga mashina kerak emas…

G‘uzorda to‘rt o‘g‘li bo‘lgan oila yana 3 nafar egizakli bo‘ldi. Ularga mashina kerak emas…

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani, Sho‘rtan qo‘rg‘onida yashovchi Muhammad Kanagatov va N.Azizova oilasida 4 nafar o‘g‘il farzanddan keyin 2020 yil 6 fevral kuni yana 3 nafar egizak tug‘ildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga serfarzand otaning o‘zi ma’lum qildi. 

“Egizaklarning 2 nafari o‘g‘il, biri esa qiz. Hozirda chaqaloqlardan birining ahvoli yaxshi emas, ular Respublika Perenatal Markazida davolanishmoqda”, — deydi Muhammad aka.

Ma’lum qilinishicha, bu oila «Sho‘rtangazkimyo» majmuasida oddiygina ishchilar bo‘lib ishlashadi. Shu sabab 7 nafar farzandning ota-onasi ayni paytda egizaklarga, xususan, davolanishda bo‘lib turgan egizaklardan biriga qarashga biroz qiynalishmoqda.

Oila Qashqadaryo viloyati hokimligi, G‘uzor tumani hokimligidan Respublikada egizak farzand ko‘rgan boshqa oilalar kabi mashina hadyasini kutishmayapti. Hozirda ularga hayot bilan kurashayotgan bolajonlarining sog‘ligi juda muhim.

Biz ham viloyat mutasaddilarini ushbu oilaga yordam berishga chaqirib qolamiz, deyiladi xabarda.

Manba: Nnews. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!