Go‘sht 28 mingdan-40 ming so‘mgacha. O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

Go‘sht 28 mingdan-40 ming so‘mgacha. O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 24 mart holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozori hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan 30 000 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozori va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi 1 kg. qo‘y go‘shti 40 000 42 000 so‘mga.

Tovuq go‘shti

11 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi 11 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 18 000 21 000 so‘m.

Guruch

4 200 so‘mdan 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan 4 200 12 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan 4 500 15 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 500 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozori va Farg‘onada Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda Mirobod dehqon bozorida qayd etilgan 12 500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning Qo‘yliq dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 4 300 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Markaziy dehqon bozori, Farg‘ona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 5 000 5 500 so‘m.

Tuxum

300 so‘mdan 650 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 - 650 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi Chorsu dehqon bozorida qayd etildi 1 100 so‘mdan 2 200 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 1 200 3 000 so‘mgacha.

Pomidor

5 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida kuzatildi 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, hamda Navoiy shahridagi Saxovat MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 5 000 17 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Yerqo‘rg‘on dehqon bozori da va Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahri va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi 3 000 3 500 so‘mgacha.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!