«Gurjiston milliy legioni» Rossiyada terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

«Gurjiston milliy legioni» Rossiyada terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

Gurjistonning «Gurjiston milliy legioni» (GML) harbiy qismi Rossiya sudi tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda TASS agentligi 14 iyun, juma kuni Federal xavfsizlik xizmati («FSB») jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib. Qayd etilishicha, GML faoliyati endi Rossiyada taqiqlangan.

Bundan tashqari, «Gurjiston milliy legioni» rahbari Ushangi (Mamuka) Mamulashvili Moskvada sirtdan hibsga olingan, nashrning ta’kidlashicha, hozirda «FSB» «davlat xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash va bostirish bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda».

«FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, «Gurjiston milliy legioni» milliy asosda yollangan eng yirik qurolli tuzilma hisoblanadi.

«Legion» 2014 yildan beri Ukraina tomonida kurashib kelmoqda

2014 yilda jangovar tajribaga ega Gurjiston fuqarolaridan tuzilgan «Gurjiston milliy legioni» ko‘ngilli harbiy bo‘linmasi Ukraina sharqidagi harbiy amaliyotlarda faol ishtirok etdi. Hozirda u Kiyev viloyatining 25-hududiy mudofaa bataloni tarkibida Ukrainani Rossiya hujumidan himoya qilishda ishtirok etmoqda.

«Gurjiston milliy legioni» Rossiyada terrorchi deb tan olingan 51-tashkilotga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!