Gruziyada uchinchi kundan beri “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Gruziyada uchinchi kundan beri “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Namoyishchilar Tbilisidagi Davlat devonxonasi binosi oldida yig‘ilishgan va bosh vazir Irakliy Kobaxidze bilan uchrashishni talab qilmoqda. Qayd etilishicha, Kobaxidze o‘tirgan mashina namoyishchilar kelayotgani ma’lum bo‘lishi bilanoq Davlat devonxonasi hududini tark etgan.

Ayni paytda Davlat devonxonasi binosi oldidagi namoyishchilar polisiya qurshovini yorib o‘tishga harakat qilyapti, to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Namoyishchilar tarqalish niyatida emas.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ikki kishi qo‘lga olingan. Shuningdek, muxolifat ning ikki deputati – “Birlashgan milliy harakat” partiyasi yetakchisi Levan Xabeishvili va Aleko Elisashvilining hibsga olingani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!