Global xavfsizlikka daxldor yashil tashabbus

Global xavfsizlikka daxldor yashil tashabbus

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oblomurodov Narzullo Naimovich o‘z dasturida Dunyodagi ekologiya yo‘nalishidagi partiyalar va harakatlarining yadroviy, kimyoviy va biologik qurollarning tarqalishini oldini olish va kelgusida ularni butunlay yo‘q qilish siyosatida faol ishtirok etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish borasidagi tashabbuslari ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

📌Partiya lideri Oblomurodov “Biz kelajak uchun javobgarmiz” degan g‘oya O‘zbekiston Ekologik partiyasi mafkurasining asosiy yo‘nalishi sifatida e’lon qildi.

▪️Dunyodagi ekologiya yo‘nalishidagi partiyalar va harakatlarining yadroviy, kimyoviy va biologik qurollarning tarqalishini oldini olish va kelgusida ularni butunlay yo‘q qilish siyosatida faol ishtirok etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, partiya yetakchisining nafaqat mamlakat yoki mintaqa balki dunyo miqyosida tafakkur yuritishini va strategik tashabbuslarni jaxon hamjamiyati kun tartibiga qo‘ya olish darajasidagi global liderlik xususiyatlariga ega shaxs ekanligini anglatadi.

▶️O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil qilinganiga endigina ikki yarim yil bo‘lgan bo‘lsa-da, Oblomurodovning sa’y-harakatlari bilan hozirga kelib uning a’zolari soni salkam yarim million kishiga yetdi. Bu ham partiya liderining tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatini namoyon qiladi.

🔰Yuqorida keltirilgan fikr va dalillar, Ekologik partiyadan Prezidentlikka nomzod N.Oblomurodovning yetakchilik xususiyatlari va intelekti qay darajada yuqori ekanligini ifodalaydi, shuningdek, ushbu lider shaxs haqida tarqatilayotgan turli g‘arazli fikr va mulohazalarning asossiz ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Bahromjon SOTIBOLDIYEV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!