Gitlerning yashirin xazinasi topildi

Gitlerning yashirin xazinasi topildi

Kolleksioner Gerxard Zauner Avstriyadagi Toplis ko‘lining eng past qismida Adolf Gitlerga tegishli bo‘lgan uzukni topdi, deya xabar berdi “The Daily Star”.

Zaunerning ta’kidlashicha, kumush uzukda Adolf Gitlerning ismi bo‘lib, ichiga uning tug‘ilgan kuni, tashqi qismiga esa bosh suyagi tasviri tushirilgan.

Kolleksionerning so‘zlariga ko‘ra, u bu uzukni 60 yildan uzoq payt davomida avval o‘g‘irlab ketilib, so‘ng Yevropa bo‘ylab tarqalib ketgan xazina bilan birgalikda izlagan.

1959 yilda kolleksioner kollejdagi do‘stlari bilan birgalik Toplis ko‘lida suzayotgan paytda fashistlar davriga oid soxta ingliz valyutasida 72 million funt sterling ham topgan. Hozirda  Zaunerning shaxsiy kolleksiyasida milliy nishon, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llanilgan qurol va portlovchi moddalar mavjud. Uning barcha topilmalari o‘zi tomonidan ochilgan muzeyda saqlanadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!