Germaniyada qariyb 3,5 ming qochqin bola yo‘qolib qolgan

Germaniyada qariyb 3,5 ming qochqin bola yo‘qolib qolgan

Germaniyaning Deutsches Kinderhilfswerk gumanitar tashkiloti yo‘qolib qolayotgan qochqin bolalar soni ortayotganidan xavotir bildirdi.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, polisiya ro‘yxatida 13 yoshdan kichik 902 nafar qochqin va 14-17 yoshdagi 2500 nafardan ziyod bola izsiz yo‘qolgani qayd etilgan. Ularning qayerda ekani noma’lum. 

2018 yilning so‘nggi choragida 13 yoshdan kichich qochqin bolalar orasida yo‘qolganlar soni ortgan. Deutsches Kinderhilfswerk vakillarining aytishicha, bu holat “g‘alati”, chunki Germaniyaga kelayotgan qochqinlar soni kamaymoqda. Tashkilot rahbari Xolger Xofman Yevropaga qochib kelayotgan bolalarni himoyalash choralarini yaxshilashga chaqirdi.

Missing Children Europe nohukumat tashkiloti esa jinoiy guruhlarning qochqin bolalarga qiziqishi ortganidan ogohlantirdi. Jinoyatchilar muhojirlarni joylashtirish markazlaridagi voyaga yetmaganlarga u yerlarni tark etishlari uchun ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.

Missing Children Europe ma’lumotiga qaraganda, 2018 yilning aprel-may oylarida Germaniya chegarasida kattalar hamrohligisiz kelgan 381 nafar bola to‘xtatilgan. Ularning aksar qismi afg‘onistonlik, eritreyalik yoki marokashlikdir. Bolalarning 29 nafari vataniga qaytarib yuborilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!