Germaniya terma jamoasi futbolchilari Yevrodagi mukofot pullarining salmoqli qismini uysizlarga yordam berish uchun xayriya qiladi

Germaniya terma jamoasi futbolchilari Yevrodagi mukofot pullarining salmoqli qismini uysizlarga yordam berish uchun xayriya qiladi

Nemislar turnirdagi g‘alaba uchun 400 000 yevro olishi mumkin.

Yulian Nagelsmann shogirdlari “A” guruhida birinchi o‘rinni egallagan holda nimchorak finalga yo‘l oldi. Buning uchun har bir o‘yinchi Germaniya futbol assosiasiyasidan 50 000 yevro miqdorida bonus oladi.

Mukofot miqdori oshishi mumkin: nemislar chorak finalga chiqqani uchun har bir futbolchi 100 000 yevro, yarim finaldagi ishtirok uchun 150 000, finalga chiqqani uchun 250 000, turnir g‘olibligi uchun 400 000 olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchilar mukofot pulining salmoqli qismini uysizlarga yordam beradigan xayriya tashkilotlariga o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!