G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ buzilmaydi

G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ buzilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «G‘afur G‘ulom» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i o‘rnida yangi turar-joy majmualari barpo etilishidan xavotirlarini bildirishgan edi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 avgustdagi 670-F-sonli Farmoyishiga muvofiq, Chilonzor tumanida joylashgan umumiy yer maydoni 13,99 gektar bo‘lgan «G‘afur G‘ulom» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i Singapurning «BMP Smart Decision Private Limited» kompaniyasiga bog‘ni rekonstruksiya qilish orqali poytaxt aholisi va mehmonlarining madaniy hordiq chiqarishlari uchun qulay bo‘lgan zamonaviy ko‘ngilochar maskanga aylantirish uchun ijara huquqi asosida 49 yil muddatga ajratib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!