Fransiyada 74-Kann kinofestivaliga start berildi

Fransiyada 74-Kann kinofestivaliga start berildi

Fransiyaning janubida 2019 yildan buyon birinchi marta o‘tkazilayotgan 74-Kann kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Festival pandemiya sababli qoldirilgan edi.

Hakamlar hay’ati raisi amerikalik rejissyor Spayk Li bo‘lib, uning vatandoshi Jodi Foster mukofotlanadi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, davom etayotgan pandemiya tufayli festival qat’iy sanitariya choralari ostida o‘tkazilmoqda. Shunday qilib, tashkiliy qo‘mitaning qaroriga binoan film namoyishida ishtirok etish uchun har 48 soatda koronavirus testini topshirish yoki Yevropa Ittifoqida tasdiqlangan vaksina bilan emlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomani topshirish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!