FOTO: qutqaruvchilar Samarqandda 2 yoshli bolaning qo‘lini go‘sht qiymalagichdan chiqarib olishdi

FOTO: qutqaruvchilar Samarqandda 2 yoshli bolaning qo‘lini go‘sht qiymalagichdan chiqarib olishdi

FVV xodimlari tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda bolaning qo‘lini maxsus moslamalar yordamida chiqarib olishdi.

Ikki yoshli bolaning qo‘li ehtiyotsizlik tufayli elektr go‘sht qiymalagichga kirib ketgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Bu haqda chaqiruv Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi qismiga 18 fevral kuni kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikki yoshli bola o‘ynayotgan paytida qo‘lini elektr go‘sht qiymalagichga kirg‘azib yuborgan.

Qutqaruvchilar guruhi ko‘rsatilgan manzilga tezkorlik bilan yetib kelib, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda bolaning qo‘lini maxsus moslamalar yordamida chiqarib olishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!