Forbes oligarxlari va yirik kompaniyalar Qozog‘iston uchun 100 milliard tenge ajratdi

Forbes oligarxlari va yirik kompaniyalar Qozog‘iston uchun 100 milliard tenge ajratdi

Forbes ro‘yxatidagi qozog‘istonlik milliarderlar QR Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning toshqindan jabr ko‘rgan hududlarga qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi chaqirig‘iga javob berdi.

Bulat Utemuratov Aqto‘be viloyati aholisi uchun 10 milliard tenge ajratish orqali ularni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Mablag‘ uysiz qolgan qozog‘istonliklar uchun uy-joy qurishga sarflanadi.

“Toshqin zonasida joylashgan hududlardagi favqulodda vaziyatni chuqur hamdardlik bilan kuzataman. Tabiiy ofat ko‘lami kengaymoqda, odamlar shoshilinch yordamga muhtoj va biz uni bor kuchimiz va mavjud resurslarimiz bilan ta’minlashda davom etamiz. Prezident oldingi safda bo‘lib, mushkul ahvolga tushib qolgan minglab yurtdoshlarimizning xavfsizligi va ertangi kunga ishonchi kafolati bo‘lmoqda, uning qarorlari biz tomondan hamisha qo‘llab-quvvatlanadi”, – dedi Bulat Utemuratov.

Timur Kulibayev Atirau viloyatiga yordam berish uchun 30 milliard tenge ajratadi. Mablag‘lar uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish, infratuzilma ob’ektlarini tiklash, shuningdek, suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

“Men toshqindan jabrlanganlarga chuqur hamdardman. Biz ilk kunlardanoq suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarga yordam ko‘rsatayapmiz. Ishonchim komilki, Prezidentimiz Qasim-Jomart Kemelevich Toqayev rahnamoligida biz barcha qiyinchiliklarni birgalikda yengamiz”, – dedi Timur Kulibayev.

Kazakhmys kompaniyalar guruhi, KAZ Minerals, Altynalmas, Karazhyra va RBK Bank toshqinlardan jabr ko‘rgan qozog‘istonliklarga yordam berish uchun qo‘shimcha ravishda 40 milliard tenge ajratadi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mablag‘lar infratuzilmani tiklash va ijtimoiy ob’ektlar: bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar, shuningdek, turar-joy binolarini qurishga yo‘naltiriladi.

O‘z navbatida Kaspi.kz hammuassislari Vyacheslav Kim va Mixail Lomtadze kecha Shimoliy Qozog‘iston va Aqmo‘la viloyatlariga 20 milliard tenge o‘tkazish orqali yordam berishlarini ma’lum qilishdi. Pul yangi uy-joy qurish uchun emas, balki hududlarni tiklash uchun sarflanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!