Firibgar “lizingchilarga” nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Firibgar “lizingchilarga” nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.U.G.” MCHJ  ta’sischisi SH.O. va rahbari I.F.lar oldindan biriktirib, respublikamizda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni kredit va lizing shartnomalari asosida olib berish haqida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, 61 nafar fuqarolarning 1,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruvda SH.O. va I.F.lar faoliyati davomida, SH.O.ning turmush o‘rtog‘ining nomiga “Lasetti”, “Cobalt”, “Nexia-3”, “Spark” va “Damas” rusumli jami 13 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari fosh etilgan. 

Mazkur holat yuzasidan, “A.U.G.” MCHJ ta’sischisi SH.O. va rahbari I.F.larga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!