Fergyuson yana Nurmagomedovga "tosh otdi"

Fergyuson yana Nurmagomedovga "tosh otdi"

Amerikalik MMA jangchisi Toni Fergyuson rossiyalik Habib Nurmagomedovning Mutlaq reyting etakchisiga aylangani to‘g‘risidagi qarorni tanqid qilgan vatandoshi Jon Jonsni qo‘llab-quvvatladi.

"Yigit to‘g‘ri o‘ylayapti", dedi u Jonsning reytingda birinchi o‘rinda rossiyalikni ko‘rish kulgili ekanligi haqidagi bayonotiga izoh berib.

Avvalroq, 28 oktyabr kuni Jons Nurmagomedovni UFC reytingining yetakchisiga aylantirish to‘g‘risidagi qarorni bema’nilik deb atagan edi. U Nurmagomedovning taniqli yagona raqibi irlandiyalik Konor Makgregor ekanligini ta’kidladi.

27 oktyabrda Nurmagomedov karyerasida birinchi marta UFC jangchilari reytingi yetakchisiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!