Farg‘onalik firibgar ushlandi

Farg‘onalik firibgar ushlandi

2018 yilning 31 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yilda Rishton tumanida joylashgan Ziyoxiddin ota lochin fermer xo‘jaligi rahbari I.M. ferma hududidagi yer maydonini fuqarolarga qaror chiqarib berish sharti bilan shaxsiy uy qurish uchun sotib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.M. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!