Farg‘onada tabib jinlar bilan gaplashtirish uchun bemordan 50 mln so‘m talab qildi

Farg‘onada tabib jinlar bilan gaplashtirish uchun bemordan 50 mln so‘m talab qildi

Farg‘onada eskicha o‘qib, duolar bilan davolovchi Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi Murodjon Qambarov oldiga davo istab kelgan fuqaroni 25 million so‘mga chuv tushirdi, deb yozadi O‘zA.

Xabarga ko‘ra, fuqaro S.Yusupov ko‘p kasal bo‘lavergani bois bir tanishidan Uchko‘prik tumani Sariqo‘rg‘on qishlog‘ida bemorlarni duolar bilan davolaydigan kishi borligini eshitib, uni huzuriga najot izlab boradi. M.Qambarov uning ishonchiga kirib, duo o‘qib davolashini, ko‘ziga chol va momolar, jinlar ko‘rinishini, jinlar bilan gaplashtirishini aytib aldab, bu ish uchun 50 mln so‘m so‘raydi. S.Yusupov buncha puli yo‘qligini aytgach, pul topsangiz keyin keling deya javob berib yuboradi. Kasallikdan tuzalish istagida bo‘lgan S.Yusupov soxta tabibning kirdikorlariga uchdi, jinlar bilan gaplashish uchun 25 mln so‘m pulni olib kelib, davolanishni boshlaydi. Mazkur pulni M.Qambarov shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. U bir kun muddatga jinlar bilan gaplashtirishni aytib, S.Yusupovni chilla davriga o‘tirgizadi. Uning ko‘ziga jinlar ham ko‘rinmaydi. Ammo vaqt o‘tsa hamki, soxta tabibning duolari ta’sir qilmadi, kasallikdan tuzalmadi. Shundan so‘ng, u ichki ishlar bo‘limiga murojaat qiladi.

M.Qambarovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi a bandi bilan 57-modda qo‘llanib, eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!