Farg‘onada qotillik qilib mahkumga aylangan fuqaro yana odam o‘ldirdi (Video)

Farg‘onada qotillik qilib mahkumga aylangan fuqaro yana odam o‘ldirdi (Video)

Farg‘ona viloyatida sodir etilgan ushbu jinoyat barchani chuqur qayg‘uga solishi aniq.

Endigina odam o‘ldirib qamoqdan chiqib kelgan Asilbek Oxunov Yursunali o‘g‘li, hali o‘talmagan jazo muddatini o‘tayotgan edi.

Muddatidan oldin ozodlikka chiqqan va unga darrov maktab qorovulligi ishini topib bergan jamoatchilik uning ko‘nglida nima borligini bilmasdi.

2017 yilning 25 may kuni tunda sherigi bilan mast holatda uyga qaytish uchun qo‘shni mahalladan bo‘lgan kishining avtomashinasiga o‘tirgan va manzilga olib borib qo‘yishini so‘ragan Asilbek, yo‘lda janjal chiqarib haydovchini pichoqlab tashlaydi hamda uning jasadini yo‘l chetiga, avtomashinani esa joyida qoldirib voqea joyidan ketib qoladi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Asilbek Oxunov 22 yillik qamoq jazosi bilan jazolandi.

Manba: 7news. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!