Farg‘onada karantin tartibi bosqichma-bosqich yumshatilmoqda

Farg‘onada karantin tartibi bosqichma-bosqich yumshatilmoqda

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish maqsadida Farg‘ona viloyati koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabining yig‘ilish bayoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 3 avgust kunidan boshlab, Farg‘ona viloyati hududidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari bozorlari, qurilish mahsulotlari savdo majmualari hamda sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.

Mazkur muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda belgilangan shartlarga amal qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!