Farg‘onada 2 nafar o‘quvchi fojia qurboni bo‘ldi

Farg‘onada 2 nafar o‘quvchi fojia qurboni bo‘ldi

4 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Afsuslanarlisi, mazkur hodisa natijasida ikki nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Bag‘dod tumanida yashovchi D. V. o‘z boshqaruvchidagi «Tiko» avtomashinasi bilan ikki farzandi hamrohligida ketayotgandi. U A-373 yo‘lining 54-kilometrida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi D. M. boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasiga yo‘l bermasdan, yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. «Tiko» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, shu yerdan oqib o‘tuvchi zovurga tushib ketdi.

Natijada «Tiko» avtomashinasi yo‘lovchilari, haydovchi D. V.ning qizi, 7-sinf o‘quvchisi I. V. voqea joyida vafot etdi. Yana bir qizi, 2-sinf o‘quvchisi R. V.  esa shifoxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

«Postda.uz»ga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!