Evroparlament deputatlari Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum qilishni so‘radi

Evroparlament deputatlari Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum qilishni so‘radi

Evroparlamentning 705 nafar a’zosidan 63 nafari Yevropa komissiyasi (EK) prezidenti Ursula fon der Lyayen, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va Yevroparlament rahbari Roberta Metsolaga murojaat qildi.

Bayonotda Yevroparlament deputatlari mamlakat bosh vaziri Viktor Orbanning Rossiya va Xitoyga tashrifi munosabati bilan Vengriyaning Yevropa kengashidagi ovoz berish huquqini to‘xtatib qo‘yishga chaqirmoqda, deb yozadi Politico. Vengriya 1 iyuldan boshlab joriy yilning oxirigacha YEI kengashiga raislik qildi.

“Bu Vengriyaning YEI kengashidagi ovoz berish huquqini to‘xtatib turish kabi haqiqiy harakatlarni talab qiladi, chunki amaliyot oddiy tanbeh ish bermasligini ko‘rsatdi”, deya maktub matnidan iqtibos keltiradi Politico.

Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z safarlari bilan “kengash raisi lavozimini suiiste’mol qilib, allaqachon katta zarar yetkazgan”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!